Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlis kun tartibiga universitet faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator dolzarb masalalar kiritildi.

Xususan,universitetda faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari — Xotin-qizlar maslahat kengashi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda universitet psixologi faoliyatini takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilinib, tegishli ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, universitet tasarrufidagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati tahlil qilinib, ular samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Majlis davomida 2025/2026-o‘quv yilida o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, universitetda raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish hamda “Raqamli universitet” loyihasini amalga oshirish masalalari yuzasidan ham axborot berildi.

Majlis yakunida turli masalalar ko‘rib chiqilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Ulashish:
2 218
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...