Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/12/2025
Chop etish
JDPU Kengashining 5-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kengashining 5-sonli majlisi tantanali taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Unda universitet rektori Maksudjan Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lgan 20 nafardan ziyod pedagog-xodimlarga attestatlarni topshirdi.

Shundan so‘ng majlis kun tartibiga muvofiq asosiy masalalar muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi, 2025-yilda universitetda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar xususida axborot berildi.

Majlisda 2025/2026 o‘quv yili birinchi yarim yilligida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ta’lim sifatini oshirish, pedagog-xodimlar malakasini yuksaltirish, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, universitetning xalqaro reytinglardagi natijalari ham ko‘rib chiqildi.

Kengash a’zolari tomonidan 2026-yilning 6–10-yanvar kunlari malaka oshirish kurslarini tashkil etish, universitetni raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha rektor maslahatchisi lavozimini ta’sis etish, “Nuroniylar kengashi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari ma’qullandi.

 

Shu bilan birga, dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni tegishli kengashlarga taqdim etish, universitetning yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash hamda talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqalariga tizimli tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.


Ulashish:
4 378
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...