Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/12/2025
Chop etish
«Ilm darg‘alari bilan suhbat» — mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Magistratura bo‘limi tashkil etgan uchrashuvga tajribali ustozlar — professor Faniya Ahmedshina hamda dotsent Raya Nurqulova taklif etildi.

Magistrantlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir samimiy va jonli muloqot ruhida o‘tdi. Uchrashuvni Magistratura bo‘limi boshlig‘i R. Yarmatov ochib berdi. Unda ustoz–shogird an’analari, ilmga muhabbat, kasbiy kamolot hamda jamiyatga foydali, ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishish kabi ezgu g‘oyalar atroflicha muhokama qilindi.

Mehmon ustozlar o‘z hayot yo‘li, ilmiy faoliyati va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh tadqiqotchilarga qimmatli maslahatlar berdilar.Tadbir davomida savol-javoblar qismi alohida qiziqish uyg‘otdi. Magistrantlar ilm dargohida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ustozlarga kasbiy faoliyat, ilmiy izlanishlar va hayotiy tajriba bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilib, foydali maslahatlar oldilar.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan magistrantlar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, uchrashuv mehmonlari — professor Faniya Ahmedshina va dotsent Raya Nurqulovaga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazmunli va ilhombaxsh tarzda o‘tgan ushbu uchrashuv magistrantlar uchun katta taassurot qoldirdi hamda ularni yangi ilmiy marralar sari undadi.


Ulashish:
3 972
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...