Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/12/2025
Chop etish
Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.

Tadbir talaba-yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ma’naviy kamolotini yuksaltirish hamda oliy ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Festivalda Guliston davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Jizzax politexnika instituti huzuridagi talabalar teatr studiyalari ishtirok etdi. Jamoalar Abdulla Qahhorning “Ayajonlarim”, Said Ahmadning “Ufq” va Usmon Azimning “Ular odam emaslar” asarlari asosida sahnalashtirilgan teatr tomoshalarini namoyish etdilar.

Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Ular odam emaslar” spektakli yuqori baholanib, Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rin O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga, uchinchi o‘rin esa Guliston davlat universiteti va Jizzax politexnika institutiga nasib etdi.

Shuningdek, alohida nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi ijrochilar va ijodkor rahbarlar e’tirof etildi. Quvonarlisi Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Farhod Qo‘shnazarov. “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi sohibi bo‘ldi.

Mazkur festival talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ularning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
3 231
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar uchun tarixiy muzeylarga ma’rifiy tashriflar tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 20 nafardan ziyod talaba-yoshlari uchun Toshkent shahridagi qator tarixiy va ma’rifiy maskanlarga tashrif tashkil etildi.
“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalarida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari faol ishtirok etdi.
Shaxmat bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar, shuningdek, shashka bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarda JDPU jamoasi faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
JDPU talabalari Mo‘ynoqdagi ekologik maskanlarga tashrif buyurdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan Orol dengizi tarixi muzeyi hamda Orol kemalari yodgorligiga...