Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/12/2025
Chop etish
JDPUda “Kitobxon talaba” tanlovining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kitobxon talaba” tanlovining navbatdagi test bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha fakultetlardan kitobxon talabalar ishtirok etishdi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etildi va universitetning 400 ga yaqin talabasi bilim va tezkor fikrlash qobiliyatini sinab ko‘rdi.

Tanlov qoidalariga ko‘ra, har bir fakultetdan eng yuqori ball to‘plagan 6 nafar talabalar ikkinchi bosqichga jamoa tarzida o‘tishadi. Navbatdagi bosqich “Zakovat” shaklida o‘tkaziladi va talabalarning bilimlari yanada chuqurroq sinab ko‘riladi.

Bo‘lib o‘tgan test sinovlari natijalarida ikki nafar talabaning eng yuqori ball to‘plashi alohida e’tirof etildi. Aniq fanlar fakulteti talabasi Rahimberdiyev Dovudbek Bahodir o‘g‘li, hamda Tibbiyot fakulteti talabasi Tursunboyeva Charos Abror qizi har ikkisi ham 25/25 ball to‘plashdi.

Eslatib o‘tamiz tanlov tashkilotchilari universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Axborot-resurs markazi xodimlari.


Ulashish:
1 458
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...