Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/12/2025
Chop etish
Jizzax “Alumni Community” vakili AQSH elchixonasi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi.

5–7 dekabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi vakolatli elchixonasi hamda Amerika Kengashi tomonidan “Alumni Community” doirasida respublika hududiy vakillari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir davomida AQSH elchisi Jonatan Henik va “Alumni” jamiyatining AQSHdagi mas’ul xodimi Aleksandra xonim bilan uchrashuv tashkil etilib, O‘zbekistondagi “Alumni” jamoalarining yutuqlari va faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

Seminar-treningda 2025 yilda erishilgan natijalar, mavjud kamchiliklar hamda 2026 yil uchun ustuvor rejalar muhokama qilindi. Ushbu tadbirda Jizzax viloyati koordinatori sifatida Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti Bahritdinova Dildora O‘ktamovna faol ishtirok etdi. Trening yakunlariga ko‘ra “Jizzax Alumni Community” uchun 2026 yilga mo‘ljallangan yangi dastur va tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.


Ulashish:
1 194
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...