Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/12/2025
Chop etish
Hurmatli ustozlar va aziz talabalar!

Sizlarni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Konstitutsiya – xalqimizning erkinligi, davlatimiz mustaqilligi va farovon kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Yangi tahrirdagi Bosh Qomusimizda inson qadri, adolat, demokratik qadriyatlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan muhim normalar o‘z ifodasini topdi. Unda O‘zbekistonning suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligi yanada ravshan belgilab qo‘yildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ta’limni isloh qilish, avvalo, o‘qituvchining obro‘sini yuksaltirishdan boshlanadi. Konstitutsiyaning 41 va 52-moddalari ham ana shu ezgu amalning mantiqiy davomi sifatida ustozlarning mehnatini jamiyat taraqqiyoti va barkamol avlod tarbiyasidagi hal qiluvchi kuch sifatida e’tirof etadi.

Yangi tahriridagi Konstitutsiyada o‘qituvchi va pedagoglarning nufuzi, huquqiy maqomi mustahkam belgilab qo‘yildi. Unda kasbiy faoliyatga aralashmaslik, ustoz sha’ni va mehnatini qonun bilan himoya qilish qat’iy yoritilgan. Bu – jamiyatimizda o‘qituvchiga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tiborning amaldagi ifodasidir.

Azizlar! Ta’lim – jamiyat ravnaqining asosi, ustoz esa uning yuragi. Konstitutsiyada pedagog mehnatining qonuniy himoya topgani – kelajak avlod uchun mustahkam kafolatdir.

Shu ulug‘ ayyom munosabati bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklayman. Yurtimiz tinch, farzandlarimizning kelajagi yorug‘ bo‘lsin!

Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor
Yuldashev Maksudjon Abdullayevich


Ulashish:
1 118
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy lingvistikaga bag‘ishlangan 16-xalqaro FLTAL konferensiyasi o‘z ishini boshladi
Unda 25 ta davlatdan 200 ga yaqin mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etmoqda. Anjumanni universitet rektori Maksudjan Yuldashev ochib, ishtirokchilarni qutladi va konferensiya ishiga muvaffaqiyat...
Professor-o‘qituvchilarning Islom sivilizatsiyasi markaziga muntazam tashriflari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflar reja asosida davom ettirilmoqda.
JDPU rektori musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv talabalarning hisobot konserti bilan boshlanib, orkestr, milliy cholg‘ular, fortepiano va xor...