Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/12/2025
Chop etish
Professor-o‘qituvchilar va xodimlar Zominda kuzning so‘nggi kunlarini mazmunli o‘tkazishdi.

Universitetda yangi o‘quv yilidan boshlab joriy etilgan “Zominga sayohat” turkumi doirasida navbatdagi madaniy-ma’rifiy tashrif amalga oshirildi. Unda professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar faol ishtirok etib, Zomin tabiatining go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘ldilar.

Sayohat ishtirokchilari kuz faslining so‘nggi kunlarini Zominda zavq va ko‘tarinki ruhda o‘tkazdilar. Dastur doirasida ular uchun sayr, dam olish, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, jamoaviy muloqot va turli madaniy tadbirlar tashkil etildi.

Tashrif barcha qatnashchilarga iliq taassurotlar ulashdi. Ular Zominning go‘zal tabiati, musaffo havosi va ko‘ngilochar dasturlardan mamnun holda universitetga qaytdilar. Ishtirokchilar mazkur an’anaviy tashabbusni amalga oshirishdagi ko‘mak va e’tibori uchun universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.


Ulashish:
1 998
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...