Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/11/2025
Chop etish
Gulistondan quvonchli xabar!

Hozirda Jizzax davlat pedagogika universitetining stritbol, voleybol va engil atletika bo‘yicha hududiy bosqichda yuqori natija ko‘rsatgan jamoalari Guliston davlat universitetida o‘tayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika bosqichida munosib ishtirok etmoqda.

Kecha stritbol bo‘yicha “Ziyokor” qizlar jamoamiz oltin medalni qo‘lga kiritib, universitetimiz sha’nini yana bir bor yuqoriga ko‘tardi.

Bugungi natijalarga ko‘ra, voleybol bo‘yicha o‘g‘il bolalar jamoasi bronza medaliga ega bo‘ldi. Bu yutuqlarda murabbiylarimizning mehnati, sportchilarning qat’iyati va mas’uliyatli tayyorgarligi bilan bir qatorda, jamoalarga doimiy ko‘mak berib kelayotgan universitet rahbariyatining, xususan JDPU rektori Maqsudjon Abdullayevichning e’tibor va qo‘llab-quvvatlashi ham muhim o‘rin tutadi. Ularga minnatdorchilik bildiramiz.

Yuqori natijalar bilan barchamizni quvontirayotgan sportchi talabalarimizga kelgusi bellashuvlarda ham omad yor bo‘lsin! JDPU sizlar bilan faxrlanadi!


Ulashish:
4 863
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...