Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/11/2025
Chop etish
Filologiya fakultetida “4+2” tartibidagi va boshqa turdagi amaliyotlarning tashkil etilishi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida O‘quv-uslubiy boshqarmaning Talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan fakultet mas’ullari ishtirokida “Universitetda 2025–2026 o‘quv yilida “4+2” tartibidagi va boshqa turdagi amaliyotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida” seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir davomida amaliyotning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, fakultet mas’ullarining mazkur jarayondagi faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligi haqida so‘zyuritildi. Seminar-treningda “4+2” tartibidagi hamda boshqa turdagi amaliyot jarayonlariga oid masalalar batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha takliflar taqdimot asosida ko‘rib chiqildi. Ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ular tomonidan bildirilgan savollarga belgilangan tartibda javoblar berildi.

Tadbir davomida Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolanganligi, ushbu ta’lim muassasalarida iqtidorli talabalarning amaliyot o‘tash jarayoni yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lumot berildi.


Ulashish:
1 569
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...