Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2025
Chop etish
Talaba qizlar uchun psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Yangi muhitda o‘zingni top: ijtimoiy muhitga moslashish, raqobat va o‘z yo‘lini topish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Talabalarning yangi muhitga moslashuvi, sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda shaxsiy “men”ni anglash jarayonini psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuvni universitet xotin qizlar psixologi X.Z.Odiljonova olib bordi.

Suhbat davomida ishtirokchilarga yangi muhitda tez va sog‘lom moslashish sirlari, raqobatdan ijobiy foydalanishning psixologik usullari, o‘zlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash, shaxsiy qadriyat va imkoniyatlarni anglash yo‘llarini amaliy misollar orqali tushuntirib berildi.

Yoshlar ittifoqi qizlar koordinatori H.Mislimova talaba qizlarga motivatsion kartochkalar tarqatib, universitetda ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan ishtirokchilar taqdirlandi.


Ulashish:
1 125
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...