Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/11/2025
Chop etish
JDPU olimlari Ibn Sino tavalludining 1045 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro simpoziumda ishtirok etishmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Akbar Saitkasimov hamda kafedra dotsenti, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Davron Alibekov 2025-yil 4–5-noyabr kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tayotgan xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanda ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbir Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi tomonidan buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino tavalludining 1045 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan bo‘lib, “Abu Ali Ibn Sinoning fan, falsafa va jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida o‘tmoqda.

JDPU olimlari simpozium ishida faol qatnashib, o‘z ilmiy tadqiqot natijalari bilan ishtirok etishmoqda. Shuningdek, ular tadbir doirasida xorijiy hamkasblar bilan ilmiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib bordilar.

Mazkur xalqaro hamkorlik Jizzax davlat pedagogika universitetining ilmiy salohiyatini oshirish, falsafa sohasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish va universitetning nufuzini yanada mustahkamlashга xizmat qiladi.


Ulashish:
1 364
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...