Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/10/2025
Chop etish
MA’RIFAT DARSI: “O‘zbekiston va jahon”

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak soati” loyihasi doirasida navbatdagi ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

Dars “O‘zbekiston va jahon” mavzusida o‘tkazilib, unda talabalar hafta davomida mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishdilar.

🔹 Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu noyob majmua xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini namoyon etishga, buyuk allomalarimiz faoliyatini keng yoritishga xizmat qiladi.

🔹 Davlat rahbari ishtirokida IT-park loyihasining ikkinchi bosqichiga start berildi, “Sun’iy intellekt xabi”ni barpo etish ishlari boshlandi. Bu loyiha 300 mingdan ortiq yoshlarni zamonaviy IT sohasida ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan.

🔹 Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yangi bosqichga chiqmoqda. Maktablarda “Informatika” fanidan sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi, oliygohlarda esa maxsus laboratoriyalar tashkil etiladi.

🔹 Yoshlar o‘rtasida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi kengaytirilib, eng yaxshi startaplar uchun 1 million dollarlik mukofot jamg‘armasi ta’sis etildi.

Ma’rifat darsi davomida talabalar O‘zbekistonning ilm-fan, texnologiya va ma’naviyat sohalaridagi yangiliklar bilan tanishib, mamlakat taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida fikr almashdilar.


Ulashish:
1 266
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.