Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/10/2025
Chop etish
Ustoz Shokir Norqulov 60 yoshda.

Jizzax davlat pedagogika universitetining “Sport turlarini o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, ko‘p yillik mehnati, bilim va tajribasi bilan shogirdlar qalbida iz qoldirgan Norqulov Shokir Muzaffarovich 60 yoshni qarshiladi.

Universitetda bir yaxshi an’ana bor — yuksak mehnat yo‘lini bosib o‘tgan, 60 yoshga to‘lgan ustozlarni munosib e’zozlash. Ana shu an’ana asosida ustoz Shokir Muzaffarovichni ham universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi tantanali ravishda qutladi.

Tadbir davomida ustozning mehnat faoliyati, sport sohasiga qo‘shgan hissasi va inson sifatidagi samimiyligi alohida ta’kidlandi. Hamkasblar, shogirdlar va do‘stlar samimiy tilaklar bildirishdi, xotiralarga boy lahzalar yodlandi.

Universitet rahbariyati tomonidan ustozga to‘n kiydirildi, faxriy diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tantana iliq muhitda, mehr va hurmat ruhida o‘tdi.

Universitet jamoasi ustozni yana bir bor yurakdan tabriklab, sog‘lik, uzoq umr va yangi ijodiy zafarlar tilaydi.


Ulashish:
1 976
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...