Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2025
Chop etish
O‘zbek tili bayrami – ona tilimizga muhabbat va e’tibor ifodasidir.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36-yilligi hamda 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kunini keng nishonlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar doirasida bugun Jizzax viloyatida qator ma’naviy tadbirlar o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan Zafarobod tumanidagi Alisher Navoiy haykali poyiga, Zomin tumani 16-maktab hovlisidagi Alisher Navoiy byusti poyiga, shuningdek shahar va tumanlar markazlaridagi o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalariga bag‘ishlangan yodgorlik majmualariga gul qo‘yish marosimlari tashkil etildi.

Tantanali marosimlarda Viloyat hokimining maslahatchisi B. Mavlyanov, Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori F. Akchayev hamda bir qator tashkilot rahbarlari, ustoz-murabbiylar, talabalar va o‘quvchilar ishtirok etdilar.

Marosimda so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining tarixiy ahamiyati, uning milliy o‘zligimizni ifoda etuvchi muqaddas timsol ekani haqida fikr bildirdilar. Ular ona tilimizning boy so‘z qo‘llanmasi, badiiy ifodasi va xalq qalbidagi o‘rnini alohida ta’kidladilar.

Tadbir yakunida talabalar ona tiliga bag‘ishlab she’rlar o‘qishdi, sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Bu tadbirlar — ona tilimizga bo‘lgan muhabbat, hurmat va milliy g‘ururning yorqin ifodasi bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
1 047
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.