Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti Ta’lim menejmenti kafedrasida tomonidan “Ta’lim va tarbiya sifatini oshirish orqali uchinchi Renessans sari: xalqaro tajriba va O‘zbekistonning imkoniyatlari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur konferensiya fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion jarayonlarda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning ilmiy va tashkiliy asoslarini chuqur o‘rganishga qaratildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — ta’lim boshqaruvi yo‘nalishida ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olimlar, magistrantlar, doktorantlar hamda mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini yanada rag‘batlantirishdir.

Konferensiya davomida respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan yosh tadqiqotchilarning tajribalari o‘rganildi, ta’lim sifatini oshirish borasidagi ilg‘or yondashuvlar muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilib, hamkor tashkilotlarga taqdim etildi.

 


Ulashish:
2 007
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.