Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/10/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” – sportda g‘alaba, jamoada birlik!

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Tantana ruhidagi yakuniy marosimda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, murabbiylar, hakamlar hay’ati, fakultet dekanlari, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovinlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Universitet rektori, professor M.A. Yuldashev so‘zga chiqib, musobaqa g‘olib va sovrindorlarini chin yurakdan tabrikladi. U talabalarning intilishi, fidoyiligi va jamoaviy ruhini alohida ta’kidlab, “Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat sport bellashuvi, balki do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom raqobat maydoni sifatida muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

Marosim davomida barcha fakultetlardan g‘olib bo‘lgan jamoalar faxriy yorliqlar va medallar bilan taqdirlandi. Natijalarga ko‘ra, ko‘plab sport turlari bo‘yicha Jismoniy tarbiya va sport fakulteti hamda Tabiiy fanlar fakulteti jamoalari yuqori natijalarga erishdi.

Endilikda fakultetlararo bosqich g‘oliblari hududiy bosqichda universitet sha’nini munosib himoya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 


Ulashish:
1 885
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.