Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2025
Chop etish
JDPUda Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti hovlisida Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti — amaliy ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talaba va professor-o‘qituvchilarda favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, xavfsizlik madaniyatini oshirish va tezkorlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilish malakasini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Amaliy mashg‘ulot davomida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari zilzila, yong‘in va texnogen halokatlar kabi favqulodda holatlar yuz berganda aholini evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yong‘inni o‘chirish jarayonlarini amaliy tarzda namoyish etdilar.

Talabalar va universitet xodimlari mutaxassislarning ko‘rsatmalari asosida xavfsizlik choralarini o‘rganishdi hamda amaliy mashqlarda faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tavsiyalar berildi, zaruriy jihozlar va texnik vositalarning ishlash tartibi tanishtirildi.

Tadbir yakunida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi va bunday mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilib borilishi ahamiyati ta’kidlandi.


Ulashish:
1 693
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.