Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2025
Chop etish
Talabalar “Advokatlik osonmi?” spektaklini tomosha qilishdi.

Bugun Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Abdulla Avloniy asari asosida O‘zbekiston davlat drama teatri aktyorlari tomonidan rejissyor S.Lutfullayev boshchiligida sahnalashtirilgan “Advokatlik osonmi?” spektakli namoyish etildi.

Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.

Komediya jarida yozilgan mazkur spektakl hayotdagi kulgili va ayni paytda o‘ylantiruvchi vaziyatlar orqali insonning vijdoni, halollik va adolat tushunchasiga yangicha nigoh bilan qarashga undaydi.

Asarda advokat kasbining mas’uliyati, inson taqdiri uchun javobgarlik va haqiqatni himoya qilish yo‘lidagi sinovlar samimiy va hayotiy obrazlar orqali ifodalangan.

Tomosha davomida aktyorlar mahorat bilan har bir qahramonning ichki kechinmalarini, hayotga bo‘lgan munosabatini, oddiy vaziyatlar ortidagi katta ma’nolarni yorqin sahna harakatlari orqali namoyon etdilar.


Ulashish:
1 633
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.