Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2025
Chop etish
Talabalar “Ayol” spektaklida.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida yozuvchi Halima Ahmedovaning mashhur “Yarimta olma” asari asosida rejissyor Baxtiyor To‘rayev tomonidan sahnalashtirilgan “Ayol” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tomoshaga Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari ham tashrif buyurib, teatr san’atining yuksak mahorati va sahna ijrosidan chuqur taassurot oldilar. Spektaklda ayol taqdiri, uning ruhiy iztiroblari, muhabbat va sadoqat yo‘lidagi kurashi chuqur badiiy ifodada yoritildi. Asardagi “yarimta olma” ramzi orqali ayolning butun bo‘la olmagan orzulari, his-tuyg‘ulari va jamiyatdagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.

teatrga tashrif buyurgan talaba yoshlar ijro orqali ayolning nafaqat hayotdagi o‘rni, balki uning ruhiy og‘rig‘ini ham his qilishdi. Sahna asari ayolning “ichkaridan og‘riq bilan jim yig‘lashi” so‘ngida iroda va sabri bilan kuchli obraz sifatida gavdalanishi namoyish etilgan.

Spektakl o‘zining badiiy ahamiyati bilan ham alohida e’tiborga sazovor. Asar va sahna ko‘rinishi orqali ijodiy jamoa o‘zbek adabiyoti va teatr san’atida ayol ruhiyatini ochishga qaratilgan muhim qadamni tashladi. Ular jamiyatdagi ayol haqidagi ayrim stereotiplarni buzishga, ayolning kuchli va jasur qiyofasini namoyon etishga harakat qildilar.

Talabalar bu spektakl orqali nafaqat teatr san’atidan zavq oldilar, balki inson ruhiyati va ayolning ichki dunyosi haqida yangi tafakkurga ega bo‘ldilar.


Ulashish:
1 208
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.