Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/10/2025
Chop etish
JDPU ustozlari “ikkinchi Shvetsariya” – Zominda hordiq chiqarishdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati tashabbusi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi ko‘magi bilan har hafta shanba-yakshanba kunlari jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar hamda faxriy ustozlarimiz uchun madaniy-sayohat tadbirlari tashkil etilmoqda.

Bu galgi sayohat yo‘nalishi ham o‘zgacha bo‘ldi — tabiatning eng musaffo go‘shasi, “ikkinchi Shveysariya deb nom olgan Zomin tog‘ maskani ustozlarimiz uchun hordiq va ilhom manbai bo‘ldi.

Dam olish jarayonida ishtirokchilar sof havo, tabiat go‘zalligi va samimiy suhbatlar orqali hayotga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirishdi. Ustozlarning quvnoq chehralari, tabassumlari va suratlardagi iliq manzaralar sayohatning naqadar mazmunli o‘tganidan darak berib turibdi.

Yaxshi dam — mehnatga hamdam” deyishadi. Zomindan yangi quvvat, ijodiy ilhom va motivatsiya bilan qaytgan ustozlarimizdan endi yanada katta yutuq va yangiliklarni kutib qolamiz!

Shu o‘rinda universitet rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasiga ajoyib tashabbus uchun minnatdorchilik bildiramiz.


Ulashish:
1 182
Boshqa rubrikalarda mashhur

Payshanba — Yoshlar kuni: rektor mahalladagi band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maksudjan Yuldashev Jizzax shahrining Zargarlik mahallasidan biriktirilgan band bo‘lmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...