Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/09/2025
Chop etish
“Talaba yugur” marafonida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari g‘olib bo‘lishdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari navbatdagi sport musobaqasida yuqori natijalarga erishishdi.

Sh. Rashidov tumani “Qo‘rg‘ontepa” mahallasi “Shodlik” ko‘chasidan start olgan ommaviy yugurish marafonida universitetimiz talabalari munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Jismoniy tarbiya va sport fakultetining iqtidorli talabalari qizlar o‘rtasida ham, yigitlar o‘rtasida ham universitet Jismoniy tarbiya va sport fakultetining iqtidorli talabalari 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritib, tom ma’noda zafar quchishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur “Talaba yugur” marafonida Jizzax davlat pedagogika universitetidan 700 nafar talaba faol qatnashdi.

Bu g‘alaba — talabalarimizning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishi, sportga qiziqishi va kuch-g‘ayratining amaldagi ifodasidir. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarimizga omad yor bo‘lsin.


Ulashish:
1 969
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.