Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/09/2025
Chop etish
Malayziya oliygohlari professorlari JDPUga tashrif buyurishdi.

2025-yil 22-sentyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetiga Malayziyadan nufuzli professorlar tashrif buyurishdi.

Ular orasidan — Malayya universiteti (University of Malaya, QS World University Rankings 2026 bo‘yicha 58-o‘rin)dan Dr. Moh’d Zieauddin Bin Kufian, shuningdek, Malayziya Xalqaro Islom universiteti (International Islamic University Malaysia, QS World University Rankings 2026 bo‘yicha 613-o‘rin)dan Assoc. Prof. Dr. Abdurahim A. Okhunov Aniq fanlar fakulteti mehmoni bo‘lishdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Shuningdek, universitetlar o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, shartlar belgilash va mas’ul shaxslarni tayinlash masalalari kelishib olindi.

Qolaversa, Matematika kafedrasida o‘qitilayotgan fanlarni samarali o‘qitish, o‘quv qo‘llanmalar yaratish va ilmiy maqolalar chop etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikka kelishildi.


Ulashish:
1 167
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.