Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/09/2025
Chop etish
«Tibbiyot yo‘nalishidagi hamkorlik yangi yo‘nalishlarga yo‘l ochadi» — deydi universitet rektori M.Yuldashev

Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, hind hamkorlari — professor Dr Anand Kumar Tripati boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv iliq tilaklar almashish va milliy an’analarni ifoda etuvchi esdalik sovg‘alar taqdimoti bilan boshlandi. Bu ramziy sovg‘alar ikki xalq o‘rtasida asrlar davomida shakllangan do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Qariyb ikki soat davom etgan muzokaralarda asosiy e’tibor tibbiyot va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalariga qaratildi. Jumladan, JDPU va Dr. Anand Kumar o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi bilan tanishildi, Hindistonlik xorijiy talabalarni universitetga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama etildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun ingliz tilida dars mashg‘ulotlari o‘tkazuvchi mutaxassislarni jalb etish, ularni yotoqxona bilan ta’minlash va transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, Javaharlal Neru universiteti hamda Singapurning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralar jarayonida Hindiston va Singapurning nufuzli universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish imkoniyatlari o‘rganildi. Suhbat davomida tibbiyot yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yo‘l xaritasini belgilash, Hindiston tomonidan taqdim etiladigan o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish, talabalar amaliyoti va pedagoglar jamoasini shakllantirish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Eng qiziqarlisi, muzokaralarda noan’anaviy tibbiyot va xalq tabobati yo‘nalishlarida ham hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bu borada Bio-tabiiy fanlar maktabi (London) bilan hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. Dr. Sunni Ahonsi o‘z fikrlari va taqdimoti bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, universitet hududida tibbiyot muassasasi barpo etish va ushbu jarayonga talabalarni jalb qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mehmonlar uchrashuvdan so‘ng tibbiyot muassasasiga aylantirilishi rejalashtirilgan binoda bo‘lib, amaliy rejalar bilan yaqindan tanishdilar.


Ulashish:
1 053
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.