Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/09/2025
Chop etish
Jizzaxda yoshlar uchun “Besh tashabbus” festivali bo‘lib o‘tdi.

Jizzax shahrida yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi “Besh tashabbus” yoshlar festivali keng qamrovda va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Oqshom payti shahar ahli musiqa va chorlov sadolari ostida Yoshlar shaharchasiga yig‘ildi. Maydonda sport, musiqa va innovatsiya uyg‘unlashgan haqiqiy bayramona muhit hukm surdi. Yoshlarning ijodiy ishlanmalari, startaplari, innovatsion g‘oyalari hamda rassomlar ijodi namoyish etilgan ko‘rgazmalar festivalga kelgan barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Festival yoshlar uchun: yangi g‘oyalar bilan tanishish,o‘z qobiliyat va iqtidorini namoyish etish, bir-biridan o‘rnak olish va ijodiy muhitda rivojlanish imkoniyatini berdi. Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdilar. Universitet ramzi aks etgan bayroqlarni baland ko‘targan talabalar festivalga tantanavor ruh bag‘ishladilar. Ularning sport, musiqa va innovatsion yo‘nalishlardagi chiqishlari tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin oldi.

Bu kabi festivallar yoshlarning yangi imkoniyatlarga ishonchini mustahkamlaydi, Vatanga sadoqat va faxr tuyg‘ularini kuchaytiradi, ijtimoiy faolligini oshiradi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalarining bunday yirik festivallardagi ishtiroki ularning ijodkorligi, tashabbuskorligi va faol fuqarolik pozitsiyasidan dalolatdir.


Ulashish:
2 877
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yurish marafoni yakuniy umumuniversitet tadbiri bilan yakunlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv yili boshlanganidan buyon barcha fakultet va oliy maktablarda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida yurish marafonlari tashkil etib kelindi. Marafonlar davomida...
Xorijiy olim ishtirokida o‘zbek adabiyotiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi
Turkiyaning Artvin Choruh universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Erhan Giray Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasiga tashrif...
Xalqaro maktab doirasida  mahorat darslari
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan “Dynamical Days in Jizzakh 2026” xalqaro maktabi o‘z ishini davom ettirmoqda.