Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/08/2025
Chop etish
Yangi o‘quv yiliga katta sovg‘a: JDPU “Bog‘ishamol” hududida zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim olishi, mehnat qilishi va hayotdan munosib o‘rin topishiga qaratilgan ezgu ishlar tobora kengayib bormoqda. Mustaqilligimizning 34-yilligi va yangi 2025–2026 o‘quv yili talabalar uchun quvonchli yangiliklar olib keldi. Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida 18 ta yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Ushbu turar joylar umumiy hisobda 9 ming 980 o‘ringa mo‘ljallangan.

 

Shu munosabat bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida ham tantanali marosim tashkil etildi. Universitetning “Bog‘ishamol” hududida qad rostlagan 600 o‘rinli zamonaviy talabalar turar joyi tantanali ravishda talabalar ixtiyoriga topshirildi. ta’kidlash joiz yangi turar joy talabalar uchun barcha sharoitlar bilan ta’minlangan. Xonalarda zamonaviy jihozlar o‘rnatilgan, har bir qavatda sanitariya talablariga javob beradigan yuvinish xonalari va sanuzellar mavjud. Yoshlarning samarali ta’lim olishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Tantanada universitet faxriylari, ustozlar hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi. Ular bu qulayliklar yangi o‘quv yiliga bo‘lgan tayyorgarlikning amaliy ifodasi ekanini ta’kidlab, davlatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik izhor etishdi.

Aytish joizki, 2025–2026 o‘quv yilidan boshlab Jizzax davlat pedagogika universitetining “Bog‘ishamol” hududi yana bir katta o‘zgarishga guvoh bo‘ladi. Bu yerda 2500 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi ishga tushirilib, unda Filologiya hamda Aniq fanlar fakultetlari talabalari ta’lim olishni boshlaydilar.

Mazkur qadam nafaqat yangi o‘quv yiliga, balki mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligiga munosib tuhfa sifatida tarixga kirdi.


Ulashish:
3 688
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.