Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/08/2025
Chop etish
Vazir universitetdagi sharoitlar bilan tanishdi.
Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri E’zoza Karimova Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrifi davomida ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsion yangiliklar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab vazir 7/24 rejimida talaba va o‘qituvchilarga xizmat ko‘rsatayotgan Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Bu yerda kitobxonlik madaniyatini oshirish, zamonaviy elektron kutubxona xizmatlari, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.

Shundan so‘ng u universitetda faoliyat yuritayotgan “Registrator ofisi”da bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Mazkur ofis orqali hujjatlarni tezkor va shaffof tartibda rasmiylashtirish, talabalarning ta’lim jarayonidagi ma’lumotlarini yagona elektron bazada yuritish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

Tashrif davomida E’zoza Karimova universitetda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, yangi qurilish ishlari, ta’mir va rekonstruksiya jarayonlari, shuningdek, ta’lim tizimidagi ilg‘or yangiliklar bilan ham tanishdi.

 

Vazir universitet jamoasi tomonidan yaratilayotgan qulay muhitni ijobiy baholab, talaba-yoshlarning bilim olishi, ilmiy izlanishlar olib borishi va erkin fikrlashi uchun sharoitlar yanada kengayib borayotganini alohida ta’kidladi.


Ulashish:
2 666
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.