Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi
Abdualimov Oxunjon Ulug‘bek o‘g‘li
Markaz boshlig‘i
Telefon raqami
Elektron pochtasi
hurshid1987@yandex.ru
Ish vaqti
Har kuni 08:30 – 16:30
Manzili
130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4.
Asosiy funksiya va vazifalari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish
- Universitetning elektron ta'lim infratuzilmasini yaratish, rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
- Milliy elektron ta'lim tarmog'iga ulanish va undan samarali foydalanishni ta'minlash.
- Masofaviy ta'lim tizimlari va platformalarini joriy etish.
Axborot tizimlari va tarmoqlarini boshqarish
- Universitetning mahalliy va global tarmoqlarini boshqarish va texnik xizmat ko'rsatish.
- Serverlar, kompyuterlar va boshqa AKT uskunalarini ish holatida saqlash.
- Axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash.
Texnik qo'llab-quvvatlash
- O'quv jarayonida ishlatiladigan kompyuter va multimedia uskunalarini sozlash va yangilash.
- Bo'limlarga texnik yordam ko'rsatish.
- Uskunalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish.
Innovatsion loyihalarni amalga oshirish
- Yangi ta'lim texnologiyalarini sinovdan o'tkazish va joriy etish.
- Ilg'or dasturiy ta'minot va xizmatlarni integratsiyalash.
- Xalqaro va milliy AKT loyihalarida ishtirok etish.
Ta'lim jarayonini texnologik qo'llab-quvvatlash
- Elektron darsliklar, video ma'ruzalar, test tizimlari va boshqa raqamli resurslarni ishlab chiqish.
- Ta'lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish.
Boshqa vazifalar
- Vakolatli organlar va universitet rahbariyatidan berilgan topshiriqlarni bajarish.
- O'z vazifalari doirasida boshqa qo'shimcha ishlarni bajarish.
