Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/07/2025
Chop etish
Bolalar yozgi oromgoh sari yo‘l olishdi
Bugun Jizzax viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi hovlisida yozgi ta’tilni mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida bolalarni oromgohga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda viloyatdagi turli tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlari, jumladan, Jizzax davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmasi qo‘mitasi orqali yo‘llanma olgan 20 nafarga yaqin bolalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

 

Bolalarni oromgohga olib ketuvchi avtobus haydovchilari bilan YHXB (Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi) xodimlari maxsus suhbat o‘tkazdi. Unda bolalar xavfsizligini ta’minlash, harakat davomida qoidalarga qat’iy rioya qilish va manzilga bezavol yetib borish masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Jahongir Majidov bolalar va ularning ota-onalariga murojaat qilib, oromgohdagi tartib-qoidalarga amal qilish, yangiliklardan bahramand bo‘lib, vaqtni mazmunli o‘tkazish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, farzandlarining ta’til davomida xavfsizligi ta’minlanishi uchun kasaba uyushmasi tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.

 

Bolajonlar Zomin tumanida joylashgan “Yulduzcha” bolalar oromgohida dam oladi. U yerda ular uchun turli madaniy-ma’rifiy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, ta’til ular uchun esda qolarli va foydali o‘tadi.


Ulashish:
629
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.