Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/06/2025
Chop etish
«Dolzarb 90 kun» doirasida volontyorlardan navbatdagi tashabbus: ijod va hamkorlikka boy uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Volontyorlar klubi” a’zolari tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi amaliy tadbir tashkil etildi.

Unga ko‘ra, volontyor talabalar Jizzax shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabida mehmon bo‘lib, ushbu ta’lim maskanida faoliyat yurituvchi “Pedagogik sinf” o‘quvchilari bilan samarali va mazmunli uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuv “Yozda men nimalar bilan bandman?” mavzusidagi ijodiy tadbir shaklida tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zining yozgi ta’tildagi rejalari, qiziqishlari, mashg‘ulotlari va orzulari haqida fikr bildirib, ijodiy yondashuvlari bilan ajralib turishdi. Mazkur uchrashuv maktabning tajribali sinf rahbari Umarova Manzura bilan hamkorlikda tashkil qilindi va ikki tomonlama muloqot, tajriba almashinuvi hamda motivatsiya jarayonlari bilan boyitildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yosh avlod ongida samarali ta’tilni mazmunli o‘tkazish, ijodkorlikni rag‘batlantirish hamda kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarga qiziqish uyg‘otishdan iborat bo‘ldi.


Ulashish:
615
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.