Yoshlarning ayniqsa bitiruvchi talabalarning jamiyatda munosib o‘rin topishi, mehnatga to‘g‘ri munosabatini shakllantirishda ularning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bandligini ta’minlash davlatimiz tomonidan doimiy e’tiborda. Yurtimizda har yili o‘rtacha 500 ming nafar yigit-qizlar turli oliygohlarni bitiradi. Ularning bir qismi tahsilni davom ettirsa , qolgan qismi mehnat bozoriga kirib keladi. Shu bitiruvchilarining deyarli 50 foizini qizlar tashkil qiladi va ko‘p hollarda egallagan mutaxassislik bo‘yicha ish o‘rnini topa olmaganligi yoki turmush tashvishlari sababli ishlamasdan uyda o‘tirib qolishadi. Jizzax davlat pedegogika instituti ARM majlislar zalida bo‘lib o‘tgan “ Boshlang‘ich biznes ko‘nikmalari ” ikki kunlik o‘quv seminari ana shu maqsadda tashkil etildi. Viloyat xotin qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan o‘quv seminarda oliygohning prof.ayol o‘qituvchilari va bitiruvchi talaba qizlari ishtirok etishdi.
– Oliygohni bitirib ishga joylasha olmay nima qilishni bilmay boshi qotgan qizlar ayna shu vaqtda ro‘zg‘or va biznesni baravar yuritish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, oilada muomala-muloqotni to‘g‘ri olib borish, tadbirkorlik faoliyatining oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir qilmasligi uchun nima qilish kerak, oilaviy biznesni yuritishning afzalliklari, aynan genderlik yondashuvlarga asoslangan holda, shu va shu kabi mavzular doirasida o‘quv dasturlarini amalga oshirish zarurati kelib chiqdi, – deydi Jizzax davlat pedagogika instituti xotin –qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassisi Ziyoda Abduvalieva , – Ushbu masalani hal etish maqsadida mana shunday loyihalar amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi bitiruvchi talaba qizlarning ijtimoiy faolligi, o‘z hayoti uchun mas’uliyatini oshirish orqali iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlashdir.
Turli mulohazalar va fikrlarga boy bo‘lgan ikki kunlik seminar yakunida qatnashchilarga sertifakatlar topshirildi. Aytish joiz, bu kabi seminarlar ayollarimiz, ayniqsa, yosh qizlarimizni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy biznes va kasanachilik, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish borasida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, ularning har tomonlama kamol topishi, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun tashkil etilgan.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati