Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
18/11/2019
Chop etish
18- noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

18- noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Erta tongdan Jizzax shaxridagi markaziy ko‘chalardan biri hisoblanmish Sharof Rashidov shox ko‘chasida boshlangan tadbir ko‘nglimda ajib xotiralar va his tuyg‘ularni uyg‘otdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda bugun o‘zgacha kun, bunday deyishimga asosli sabablar bor, shu kun sabab bir birini tabriklayotgan talaba yigit qizlarni va tadbir boshlanishini intizorlik bilan kutayotgan yoshlarni savolga tutaman.

-Tinchlikmi ? Nega bugun odam ko‘p qanday tadbir bor?

-bilmaysizmi bugun bayrog‘imiz qabul qilingan kun…katta tadbir bo‘ladi …

Bilmas ekanmanmi ?… albatta bilaman…bunday xozirjavob va ko‘zida shijoati bor yoshlarni ko‘rib faxrlandim rosti.

Jizzax davlat pedgogika instituti
Jizzax davlat pedgogika instituti

Rivoyat qilishlaricha Najmidin Kubro yog‘iy qo‘liga bayroqni bermaslik uchun qo‘lda bayroq bilan jon taslim qilgan ekan. Uning qo‘lidan bayroqni olishga uringan dushmanlar qanchalik  harakat qilmasin bobokalonimizning panjalarini ochisholmagan ekan. Shunda Najmiddin Kubroning besh panjasini kesib  bayroqni olishgan ekan. Izohga hojat yo‘q…

Jizzax davlat pedgogika instituti
Jizzax davlat pedgogika instituti

Istardikki bugungi yoshlarimiz , har bir fuqaro ajdodlarizga munosib farzand bo‘lishsin.Bugun ko‘zimizni yashnatib, quvnatib boshlar uzra baland  hilpirab ketayotgan bayrog‘imiz mudom eng baland cho‘qqilarda ham hilpirab tursin…Bayramingiz muborak aziz yurtdoshlar!

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 778
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...