Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/11/2019
Chop etish
Mening bayrog‘im – mening g‘ururim ! 

Mening bayrog‘im – mening g‘ururim ! 

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Vatanning suvrati, mehru tarovati,  ajdodlar o‘tmishi, buguni, fidokorligi va istiqbolini davlat ramzlari namoyon etadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i shulardan biridir. U shu millatning or-nomusi, sha’ni va g‘ururidir. Shonu shavkatimiz hisoblanmish  bayrog‘imiz qabul qilinganligiga bu yil 28 yil to‘ladi. 1991 yil 18 noyabrda “O‘zbekiston respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida” gi tarixiy hujjatga imzo chekildi. Ko‘nglimizga faxr va g‘urur bag‘ishlagan bu kunni unitib bo‘lmaydi. Moviy, zangori va oppoq ranglar bilan jilolangan Oy va yulduzlar tasvir tushirilgan bayrog‘imiz hilpirab turganini ko‘rganimda ko‘nglimda ajib his tuyg‘ular uyg‘onadi. 1992 yil Turkiya Jumhuriyatiga bir guruh talabalar test orqali o‘qishga jo‘natildik. O‘zbekistonning turli go‘shalaridan shu yurtga  o‘qishga kelgan talaba yigit- qizlarni o‘z mutaxassiliklariga ko‘ra oliy o‘quv yurtlariga bo‘lishdi. Yurtdoshlar bilan faqatgina ommaviy tadbirlar va oliygohlar tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalarida uchrashib turardik. Mana shunday o‘rtoqlik uchrashuv va bellashuvlarning birida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir talaba  yigitimiz bayrog‘imizni boshi uzra baland ko‘targanida ko‘zlarimda yosh halqigani hali hamon esimda . Ana shu lahzalarda olis yurtda turib o‘z kindik qoning to‘kilgan Vatan sen uchun qanchalar muqaddas ekanligini, mana shu kichikkina g‘alab orqali o‘z yurti sha’niga maqtovlar olib kirayotgan o‘zbek o‘g‘lonining his hayajonlari,ko‘nglimni tog‘dek ko‘targan bo‘lsa, endi –endi qaddini tik tutib, o‘zining borligini , tenglar ichra teng ekanlagini ko‘rsatayotgan bag‘rikeng, azal –azaldan mehmondo‘st va bolajon halqning farzandi ekanligimdan faxrlanganman. O‘zida milliy-ma’daniy an’analarimizni aks etgan bayrog‘imiz jonajon o‘lkamizning  davlat ramzidir. Iftixorimiz hisoblanmish bayrog‘imiz bizni hech kimdan kam emasligimizni bildiradi. Unga munosib bo‘lish esa har birimizning burchimizdir.

                     Jizzax davlat pedagogika  instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
12 639
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Mustaqillik kubogi” musobaqalari davom etmoqda
25-avgust kuni musobaqa doirasida bir qator jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
“Mustaqillik kubogi”: futbol bahslariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak...
Rektor texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maksudjon Yuldashev universitetning Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, ularning kundalik faoliyati, mavjud vazifalar hamda universitet hududida amalga...