Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/04/2025
Chop etish
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
Universitet talaba-yoshlari tarbiyasi bilan tizimli va samarali ishlash, ularning harbiy-vatanparvarlik ruhini yuksaltirish hamda jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk avlodni shakllantirish maqsadida 2025-yil 7-aprel kuni “Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasi musobaqasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi.

Ayni vaqtda mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida mazkur spartakiada bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda. Spartakiadani o‘tkazishdan asosiy maqsad — talaba-yoshlarni yurtga sadoqat, Vatanga muhabbat va Prezident shaxsiga hurmat ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek, harbiy-texnik va amaliy sport turlarini keng ommalashtirishdan iboratdir.

🏆 Musobaqa quyidagi ikki shart asosida tashkil etildi:

1️⃣ O‘quv granatasini uzoqlikka uloqtirish;

2️⃣ Turnikda tortilish. Musobaqa jarayoni hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholab borildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga alohida rag‘bat va e’tibor ko‘rsatildi.


Ulashish:
371
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.