Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/06/2025
Chop etish
Pedagogika va psixologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari Arnasoy tumanida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdi
Pedagogika va psixologiya fakulteti, Pedagogika ta’limi nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Arnasoy tumanida “Umumiy ta’lim maktablarida oliy ta’limga qamrovni oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish” mavzusida tadbir o‘tkazdilar.

Mazkur tadbir joriy yilning 31-may kuni Arnasoy tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirildi. Tadbir davomida oliy ta’limga qamrovni oshirish, maktab yoshlarida kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, davlat tomonidan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar, targ‘ibot materiallari tarqatildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan faol ishtirok etilib, savol-javoblar tashkil etildi.

Ushbu tadbir maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va yoshlar o‘rtasida oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim omil bo‘ldi.


Ulashish:
764
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.