Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/05/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida 10-sonli Kengash yig‘ilishi tantanali taqdirlash marosimi bilan boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Kengashning navbatdagi 10-sonli majlisi tantanali taqdirlash marosimi bilan boshlandi.

Universitet rektori Sh. Sharipov yig‘ilishni ochar ekan, ilmiy faoliyat va ta’lim sohasidagi yutuqlarni alohida e’tirof etib, so‘nggi oylarda erishilgan muvaffaqiyatlar haqida so‘z yuritdi. U, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan ilmiy unvon va ilmiy darajalar bilan taqdirlangan professor-o‘qituvchilar va xodimlarni chin qalbdan tabrikladi hamda ularga kelgusida yanada yuqori zafarlar tiladi.

 

Shuningdek, xalqaro va respublika darajasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib, g‘oliblikka erishgan talabalar va ularning ustozlari ham munosib rag‘batlantirildi. Universitet rahbariyati ta’lim va ilm-fan taraqqiyotida katta hissa qo‘shayotgan ustoz va yosh izlanuvchilarning mehnatini yuqori baholadi.Yig‘ilish so‘ngida ilmiy unvon va darajalar uchun taqdim etilgan diplomlar, shuningdek, tanlov g‘oliblariga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Bu kabi marosimlar universitet jamoasini yanada yangi marralar sari ruhlantirishi, yosh avlodning bilim va izlanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishi shubhasiz.


Ulashish:
468
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.