Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/05/2025
Chop etish
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI RAHBARIYATINING  RASMIY MUNOSABATI
2025-yil 28-may kuni ijtimoiy tarmoqdagi https://t.me/eltuz2022 telegram kanalining “JDPU rektori ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini reklama qilishdan qachon bo‘shaydi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaatga Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati tomonidan shu kunning o‘zida e’tibor qaratildi va quyidagicha rasmiy munosabat bildiriladi.

Murojaatda “yakuniy nazorat savollari o‘tilmagan mavzulardan tayyorlanganligi” haqidagi iddaolar bildirilgan. Ta’kidlash lozimki, yakuniy nazorat shakli va savollari har bir fanning xususiyatidan kelib chiqib, tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Universitetda o‘quv-uslubiy boshqarmasi semestr yakunida yakuniy nazoratlarni markazlashgan holda o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.

Yakuniy nazorat savollari universitet o‘quv-uslubiy boshqarmasi xodimlariga fakultet dekani rahbarligida tashkil etilgan ekspert komissiyasi xulosasi asosida taqdim etiladi. Ushbu savollar fanning sillabusida belgilangan ma’ruza, amaliy, seminar va mustaqil ta’lim mavzulari asosida tuzilishi, hamda kafedra yig‘ilishida muhokama qilingan bo‘lishi shart. Agar nazorat savollari bilan bog‘liq qandaydir muammo yuzaga kelsa, bu holat ekspert komissiyasi xulosasi va tegishli kafedra o‘qituvchilari ishtirokida bartaraf etiladi.

Murojaatda registrator ofisi rahbari A. Avazovga nisbatan poraxo‘rlik ayblovlari ham keltirilgan bo‘lib, ushbu fikrlar asossiz hisoblanadi. Shuni ma’lum qilamizki, agar murojaatchilarda aniq faktlar va dalillar mavjud bo‘lsa, universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limiga  yoki @jdpiantikorrbot telegram kanal orqali murojaat qilishlari mumkin. Asossiz va dalilsiz bildirilgan tuhmatlar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tamiz.

Murojaatda talabalarning turli tadbirlarga, jumladan kino ko‘rishga majburiy jalb qilinishi va bilet sotib olishga majburlanayotgani haqida ham iddao bildirilgan. Shuni alohida ta’kidlaymizki, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida universitetda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, teatr, kino va milliy musiqa konsertlari tashkil qilinadi. Bu tadbirlar dars jarayonlariga xalaqit bermasdan, ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.

Jizzax davlat pedagogika universitetining bosh binosida 5 ta ma’ruza zali mavjud bo‘lib, ularda isitish tizimi to‘liq ishlaydi. Qishki mavsumda isitish tizimida hech qanday muammo kuzatilmagan. Kunlar isishi munosabati bilan talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida ma’ruza zallariga 5 ta katta hajmdagi 10 ta kichik hajmdagi ventilyatorlar qo‘yiladi.

Murojaatda universitet rektorining ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari tanqid qilingan. Ma’lumot uchun, bugungi kunda oliy ta’lim muassasasi rahbarining davlat qarorlari, farmonlar, islohotlar va jamiyatdagi muhim voqealar yuzasidan ochiq munosabat bildirishi – zamon talabi hisoblanadi. Rektorning faolligi jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilish, tizimdagi yangiliklar va jarayonlar haqida jamoani xabardor etishga qaratilgan.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati ta’lim sifatini oshirish, talabalar uchun qulay va samarali o‘quv muhitini yaratish, hamda shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga amal qilishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan. Murojaatda keltirilgan har bir masala yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib boriladi va zarur chora-tadbirlar ko‘riladi.

               Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati.


Ulashish:
466
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...