Oliy ta’limning o’rta ta’lim bilan integratsiyasi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 23 avgust kuni boʼlib oʼtgan videoselektor yigʼilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2019 yil 15 oktyabr kuni Jizzax davlat pedagogika instituti Boshlangʼich taʼlim fakultetining dekani F.Ibragimova va Boshlangʼich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri G.Jumanazarova, Boshlangʼich taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri G.Xolboeva, oʼqituvchi O.Boltaev, shuningdek, JDPI ARM yetakchi mutaxassisi S.Isroilovalar Gʼallaorol tumani XTBga qarashli 1-, 6-, 7-, 11-, 51- umumiy oʼrta taʼlim maktabida pedagog-oʼqituvchilar bilan islohotlarning samaradorligini taʼminlash, oʼqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim sifati nazoratini kuchaytirish hamda tarbiya sohasida zamonaviy uslublarni qoʼllash ishlarini tashkillashtirish maqsadida mahorat darslari, shuningdek, maktab oʼquvchilari bilan “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha 5 tashabbus”, “Oʼquvchi –yoshlarda ona tiliga nisbatan mehr-muxabbat, hurmat tuygʼusini shakllantirish” (“Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonun qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan) yuzasidan mahorat darslari oʼtkazildi.