Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/05/2025
Chop etish
Sifatli ta’lim-sifatli hayot: “Rektor va talabalar” uchrashuvi ana shu mavzuda bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim hamda Pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv yoshlar muammolarini hal etish, yashash va ta’lim jarayonlarini yanada yaxshilash, talablarga motivatsiya berish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Tadbir avvalida universitet rektori Shavkat Sharipov oliy ta’lim maskanida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar xususida so‘z yuritdi. Oliy ta’limda o‘qish, talaba bo‘lish va pedagogika universitetida tahsil olish ulkan imkoniyatlar eshigini ochishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va muammolari tinglandi. Ularni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytarildi.

Samimiy va munozaralarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvda talabalar tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, axborot- resurs markazi kitob fondini boyitish, turli- tuman, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, talabalar o‘rtasida turli yo‘nalishlar, fanlar bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish yuzasidan takliflar bildirildi.


Ulashish:
829
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.