Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/05/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali faol yoshlari va ustozlariga mezbonlik qildi.
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialidan 50 nafar nafar talaba va yoshlar yetakchisi, qator o‘qituvchilar va oliygoh prorektoridan iborat delegatsiya JDPU da bo‘lishdi.

Delegatsiya a’zolari tashrifni universitetimizda talabalarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishish bilan boshlashdi. Shundan so‘ng mehmonlar Jizzax davlat Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich ta’lim tashkiloti uchun ajratilgan xonalarda bo‘lishdi.

Tajriba o‘rganish va ma’lumotlar almashish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda Kattaqo‘rg‘onlik talaba yoshlar universitet yetakchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, volontyorlik klubi faoliyati bilan tanishishdi.

Tanishish jarayonida yoshlar fan laboratoriyalari, steam park, inkubatsiya xonalari, sport va mashg‘ulot zallari, registrator ofisi, universitet muzeyi hamda yaqindagina o‘z faoliyatini boshlagan 7/24 rejimdagi talablarga va butun Jizzax ahliga xizmat ko‘rsatayotgan kutubxonada bo‘lishdi.

Kun davomida mehmonlar davra suhbatlari va ochiq muloqotlarda ishtirok etishdi. Dastur so‘ngida mehmonlar universitet madaniyat saroyiga taklif etildilar. Oliygohning iqtidorli talaba yoshlari jamlanmasidan iborat musiqiy guruhlar va E.Lutfullayev nomidagi talab yoshlar maqomchilar ansambli ijrosidagi musiqiy dastur barchaga manzur bo‘ldi.

Tashrif so‘ngida delegatsiya tarkibida tashrif buyurgan oliygoh yoshlar yetakchilari bilan JDPU yoshlar yetakchisi o‘rtasida memorandum imzolandi.


Ulashish:
1 166
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.