Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/05/2025
Chop etish
Ota-ona va universitet hamkorligining ahamiyati.
JDPU maktabgacha ta’lim fakulteti tomonidan tashkil etilgan ota-onalar yig‘ilishi ana shunday nomlandi.

«Farzandimiz kelajagi uchun birlashaylik» shiori ostida tashkil etilgan uchrashuvni universitet Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. U o‘z so‘zida talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va oliygohda yaratilgan sharoitlarga to‘xtaldi.

Tadbirda shuningdek tizimda amalga oshirilgan ishlar, islohotlar va yangiliklar, talaba qizlar tarbiyasi, korrupsiyaning oldini olish va uning salbiy oqibatlari , odob-axloq qoidalariga rioya qilish, ota-ona va ustozlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi. Taklif etilgan mas’ullar bu borada o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Ota-onalarning taklif va tavsiyalari tinglandi.

Maktabgacha ta’lim fakulteti rahbariyati tomonidan tashkil etilgan tashakkurnomalar faol talabalar va ularning ota -onalariga tantanali ravishda topshirildi. Ota-onalar bo‘lgan samimiy uchrashuv va muloqotga talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy dastur va musiqiy chiqishlar yakun yasadi.


Ulashish:
2 080
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.