Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/05/2025
Chop etish
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi-intellektual kadrlar tayyorlashning asosi”
2025-yil 3-may kuni Tarix fakulteti 1-kurs talabalarining ota-onalari va MFY faollari bilan o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi.

Tadbirda tarix fakulteti 1-kurs talabalarining ota-onalari, MFY faollari, universitet va fakultet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko‘zlangan eng asosiy masalalardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi №149-sonli Qarorining mazmun-mohiyati bilan ota-onalarni tanishtirish bo‘ldi.

Tashkil etilgan tadbir so‘ngida o‘quv yili davomida turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan talabalarning ota-onalariga universitet rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.


Ulashish:
928
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.