Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/04/2025
Chop etish
Bitiruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Jizzax viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Jizzax Davlat pedagogika universitetining Jismoniy madaniyat fakultetida o‘tkazilgan bitiruvchilar bilan uchrashuvda, talabalar va ish beruvchilarga universitetda yaratilgan o‘quv sharoitlari bilan tanishish imkoniyati taqdim etildi.

Uchrashuv davomida, Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari va talabalariga mo‘ljallangan zamonaviy texnik vositalar va uskunalar ish beruvchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim sohasidagi bitiruvchilarning ishga joylashishini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanligi.

Mazkur qarorning ijrosiga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil 20 martdagi 114-son buyruq qabul qilinganligi, ushbu buyruq talablariga binoan universitet amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirildi.

Ma’lumki, talabalarning kasbga tayyorlanish jarayoni va kasbiy amaliyotlarini tashkil etish, ularning kelgusida ishga joylashishini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Talabalarni kasbga tayyorlash va kasbiy amaliyotini tashkil etish” yo‘nalishi bo‘yicha universitetda bir qator amaliy amaliy ishlar qilinayotganligi ta’kidlandi.


Ulashish:
894
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.