Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/04/2025
Chop etish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ”Korrupsiyaga qarshi kurashish, ta’lim tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarni oldini olish” mavzusida iqtisodiy o‘qish tashkil etildi.

Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarish, xususan oliy ta’lim tizimida yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish, halollik standartlarini joriy etish, sohada olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq ma’lumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ulardan to‘siqlarsiz foydalanishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan iqtisodiy o‘qishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yilning 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan hamda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar shuningdek, vazirlik va oliy ta’lim muassasalari rektorlarining bu boradagi shaxsiy masuliyatini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilishda va zoom elektron platformasi orqali respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari, bo‘lim rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov kirish so‘zi bilan ochib, mavzu yuzasidan va vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul xodimi I.Ochilov, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, yuridik fanlari doktori S.Niyozova mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qilishdi. Tadbirda xodimlar uchun taqdim etilgan ma’ruza va ma’lumotlar faoliyatlari uchun muhimligi e’tirof etilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.  Yig‘ilishda Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi ham ishtirok etdi.


Ulashish:
668
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.