Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/04/2025
Chop etish
Bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Jizzax viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyat bo‘limi va bir qator ish beruvchilar bilan hamkorlikda Jizzax Davlat pedagogika universitetining Fizika va texnologik ta’lim fakultetida o‘tkazilgan bitiruvchilar bilan uchrashuvda, talabalar va ish beruvchilarga universitetda yaratilgan o‘quv sharoitlari bilan tanishish imkoniyati taqdim etildi.

 

Uchrashuv davomida, Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari va talabalariga mo‘ljallangan o‘quv laboratoriyalari, hamda mehnat ta’limi yo‘nalishi talabalariga o‘qish jarayonida foydalanish uchun olib kelingan zamonaviy texnik vositalar va uskunalar ish beruvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, talabalar tomonidan o‘z qo‘llari bilan ishlab chiqilgan va hozirda sotuvga chiqarilgan yog‘och o‘yma mahsulotlari, zamonaviy dizayndagi stol, stul, krovatlar va choyshablar ish beruvchilar tomonidan yuksak baholandi. Ushbu tadbir, bitiruvchilarning kasbiy faoliyatlariga tayyorligini namoyish qilish va ularning kelajakdagi ish faoliyatiga qo‘shimcha rag‘batlantirish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qildi.


Ulashish:
894
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.