Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/04/2025
Chop etish
JDPUda “Culture day”-”Millatlararo totuvlik va do‘stlik” festivali bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba bahori” dasturi doirasida o‘tkazilgan “CULTURE DAY” yoshlar festivali tantanali tarzda o‘tkazildi. Ushbu festival “Millatlararo totuvlik va do‘stlik” g‘oyasiga asoslanib, turli millat va elatlar madaniyatini targ‘ib qilish, yoshlarda bag‘rikenglik va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan edi.Tadbirda universitetning Xorijiy tillar fakulteti II bosqich  talabalari faol ishtirok etib, har bir guruh o‘ziga xos milliy liboslar, taomlar, urf-odatlar va madaniy meros namunalarini namoyish etdi. Talabalar tomonidan O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, AQSh, Ispaniya, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreya, Hindiston, va Turkiya davlatlariga taalluqli sahnalashtirilgan milliy raqslar, qo‘shiqlar, folklor chiqishlar va teatr sahnalari tomoshabinlarga katta taassurot qoldirdi.

Festival doirasida milliy taomlar ko‘rgazmasi, ijodiy ko‘rgazmalar, o‘yinlar va interaktiv dasturlar ham tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi va xalqaro madaniy almashinuv ruhini kuchaytirdi.

Tadbir so‘nggida eng faol ishtirokchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Ulashish:
2 684
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.