Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2025
Chop etish
Germaniyaning ASIIN Xalqaro ta’lim va akkreditatsiya agentligi  mutaxassislari,  ekspertlar guruhi ishtirokida yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Rektorat vakillari va dastur koordinatorlari bilan bo‘lagn so‘nggi uchrashuvda universitet rektori Sh.Sharipov ishtirok etdi.

Suhbatda mehmonlar iliq va jonli uchrashuvlar uchun universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi. Shuningdek. tashrif maqsadi, talabalar, o‘qituvchilar bilan bo‘lgan jonli muloqotlardan olgan ijobiy hamda rivojlantirish lozim bo‘lgan holat bo‘yicha umumiy taassurot va xulosalarini aytib o‘tdilar.

Xorijlik kuzatuvchilar talabalarning olayotgan bilimlaridan qoniqish his qilayotganliklari, tyutorlik tizimining joriy etilganligi, universitet ish beruvchi va bitiruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tishdi. Shu bilan bir qatorda Magistratura yo‘nalishini yanada rivojlantirish, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida akademik mobillikni yanada kuchaytirish, laboratoriyalarning xavfsizlik qoidalari xalqaro standartlarga mos bo‘lishi uchun kerakli tavsiya va maslahatlarini berib o‘tishdi.

Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
751
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.