Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetiga  Germaniyaning ASIIN Xalqaro ta’lim va akkreditatsiya agentligi  mutaxassislari,  ekspertlar guruhi tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitet rahbariyati kutib oldi. Mehmonlar milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazma bilan tanishtirildi.

Ayni apytda Ekspertlarning dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Muhandislik,  informatika,  tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilish agentligi (ASIIN) 1999 yil iyul oyida tashkil etilgan bo‘lib, u notijorat birlashma hisoblanadi.  ASIIN tashkil etilganidan beri Germaniya va xorijiy universitetlarga dasturiy va institutsional akkreditatsiya tartib-qoidalarini amalga oshirishda ekspert yordamini ko‘rsatib kelmoqda.  Milliy va xalqaro miqyosda ASIIN muhandislik,  tabiiy fanlar,  matematika,  informatika,  shuningdek tibbiyot va iqtisodiyot sohalarida ta’lim dasturlarini akkreditatsiya qilish jarayonida yetakchi sifatida tan olingan.


Ulashish:
789
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.