Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2025
Chop etish
JDPUda “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi.
Keyingi yillarda har yili aprel oyida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etish an’ana tusini oldi.

“Kitob – millatning madaniy va ma’naviy boyligi” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov, va boshqalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongi tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishga, ularni ona Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi. Haftalik davomida “Ochiq eshiklar kuni” kitoblar ko‘rgazmasi, “Bir haftada bir kitob”, aksiyalari tashkil etiladi. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida oilaviy kitob o‘qish an’anasini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon ustoz”, “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovlari o‘tkaziladi.

 

Tadbirda yig‘ilganlar e’tiboriga teatrlashtirilgan musiqiy dastur namoyish etildi. Iqtidorli yoshlar tomonidan milliy raqslar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Yangi nashr etilgan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.Kitobxonlik haftaligi 15-aprelga qadar davom etadi va haftalik doirasida kitob ko‘rgazmalari, ko‘rik-tanlovlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, yangi adabiyotlar sharhi, badiiy va musiqiy kechalar, «Sevimli kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman» aksiyalari o‘tkaziladi.


Ulashish:
756
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.