Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/04/2025
Chop etish
Universitet izlanuvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi.
Axborot Resurs Markazining Aylana zalida «Pedagogik tajriba-sinov ishlari metodologiyasi» mavzusida bo‘lib o‘tgan seminarni pedagogika fanlari doktori, professor Abdinazar Nurmanov olib bordi.

Pedagogik tajriba-sinov ishlari metodologiyasi, bu shunday tafakkur va fikrlash jarayoni bo‘lib, uning yordamida tabiiy yoki maxsus yaratilgan, nazorat qilinadigan, boshqariladigan pedagogik farazlar, g‘oyalar, yangiliklar o‟quv jarayoniga tatbiq qilinadi.

 

Pedagogik ilmiy farazlar, muammolarni hal qilishning yangicha yo‘llari va vositalari izlanadi. Pedagogik tajriba-sinov bu, umummilliy tafakkur jarayoni bo‘lib, pedagogik omillar, shart-sharoitlar, jarayonlar o‘rtasidagi sabab va oqibatlar bilan bog‘liq o‘rganiladigan bir yoki bir necha obyekt yoxud tizim-larni aniq rejalar asosida oydinlashtirish imkonini beruvchi jarayondir.

Tajriba-sinov ishlari asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki yangicha usullarning tatbiqiy jarayonlarini sinash, tekshirish, aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.Izlanuvchilar ishtirokida o‘tgan seminarda. ana shu mavzu haqida so‘z yuritildi. Mulohazalar bildirildi. Takliflar tinglandi.Savollarga atroflicha javob berildi.


Ulashish:
604
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.